Meros» jamoasi 1-o‘rinni egalladi
Sirdaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Jajji nurli yulduzlar» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Unda kichkintoylar o‘zlarining ijodiy qobiliyati, sahna madaniyati va milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini namoyon etdilar.Yoqubov Jizzax viloyatida bo‘lib, qator uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va o‘rganishlar o‘tkazdi.
Tanlovda ishtirok etgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalari qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari va folklor namunalari orqali o‘z dasturlarini taqdim etdi. Bolajonlarning chiqishlarida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va xalq ijodiyotiga alohida e’tibor qaratildi.


Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, sahnada o‘zini tutishi, jamoaviy chiqishi, milliy an’analarni badiiy ifodalay olishi va ijro mahorati baholandi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mirzaobod tumanidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining «Meros» jamoasi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Guliston shahridagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining «Kelajak yulduzlari» jamoasiga, 3-o‘rin esa Boyovut tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining «QuyoshjonG‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Tanlov yakunida kichkintoylarning sahnadagi har bir chiqishi ularning nafaqat san’atga bo‘lgan qiziqishi, balki erta yoshdanoq ijodiy fikrlashi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi va milliy qadriyatlarni anglab borishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

«Jajji nurli yulduzlar» tanlovi bolajonlarning iqtidorini kashf etish, ularni rag‘batlantirish va kelgusidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri