MDH va ŞHT raqamli tahdidlarga qarşi yagona yondaşuvni ilgari surmoqda
Samarqandda bölib ötayotgan «Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus» birinçi ekspertlik muloqotida Mustaqil davlatlar hamdöstligi Boş kotibi örinbosari Nurlan Seytimov nutq sözladi.
MDH Boş kotibi örinbosari öz çiqişida raqamli tahdidlarni baholaş va ularni bartaraf etiş borasida MDH hamda ŞHT yagona yondaşuvga ega ekanini va bu boradagi saʼy-harakatlar izçil muvofiqlaştirilayotganini taʼkidladi. Jumladan, joriy yilning sentabr oyida Minsk şahrida ötkazilgan qöşma Kontrterroristik forum va aksilterror maşğulotlarini misol tariqasida keltirib ötdi.
Taʼkidlanganidek, bunday tadbirlar Yevroosiyo makonida global raqamli tahdidlarga munosib javob bera oladigan yagona va yaxlit xavfsizlik tizimi şakllanayotganidan dalolat beradi.
Nurlan Seytimov uşbu sohada yagona huquqiy standartlarni yaratişga, jumladan, ekstremistik resurslarni bloklaş, şubhali kriptooperatsiyalarni aniqlaş, kiberxavfsizlik, moliyaviy monitoring, çegara nazorati va kriminalistika kabi yönalişlarda sunʼiy intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanişga çaqirdi.
—Samarali xavfsizlik tizimini huquqiy mezonlarimizni özaro muvofiqlaştirgan holdagina barpo eta olamiz, — dedi MDH Boş kotibi örinbosari.
ÖzA