Marmartoshda jonlangan ekologik g‘oyalar (+video)
Toshkent metallurgiya zavodida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida V Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi tashkil etildi.
Simpoziumda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, Turkiya, Xitoy va Gruziyadan jami 20 nafar taniqli haykaltaroshlar ishtirok etmoqda. Ijodiy loyiha uchun Samarqand viloyatidagi Zarband konidan keltirilgan marmar bloklar tayyorlangan bo‘lib, ular asosida monumental haykaltaroshlik asarlari yaratildi.
Bu yilgi simpozium mavzusi “Ekologiya va san’at”. Mavzu ishtirokchilarga ekologik muammolar va inson hamda tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni badiiy talqin etish imkonini bermoqda.
Mazkur nufuzli ijodiy loyiha O‘zbekiston haykaltaroshlik san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, turli mamlakatlar ijodkorlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda san’at orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/05o8AsE-VoY" title="Marmartoshda jonlangan ekologik g‘oyalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA