Markaziy Osiyo agrar soha vakillari Samarqand tajribasi bilan tanişdi
Toşkent şahrida boşlangan “Agrar va suv xöjaligi sohasida barqaror boşqaruv va samaradorlik” mavzusidagi maxsus xalqaro öquv-amaliy dasturi Samarqandda davom etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan qişloq xöjaligi va suv xöjaligi vazirliklari, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbir iştirokçilari – Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning qişloq va suv xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi rahbar hamda mutaxassislari dastlab Samarqand tumanidagi “Navobod naslli parranda” fermer xöjaligi faoliyati bilan tanişdi.
Samarqand viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi viloyat boşqarmasi va boşqa taşkilotlar masʼullari, fermer xöjaligi rahbarlari mazkur köp tarmoqli xöjalik misolida viloyatda meva-sabzavot, çorvaçilik va boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş, sohada sanoatni rivojlantiriş, suv tejovçi va boşqa zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş borasidagi işlar haqida maʼlumot berdilar.
– 16 yillik tajribaga ega xöjaligimizda parrandaçilik, uzumçilik va bu mahsulotlarni qayta işlaş keng yölga qöyilgan, – deydi “Navobod naslli parranda” fermer xöjaligi rahbari Haydar Öroqov. – Bu borada ilmiy-tadqiqot olib boriş va kadrlar tayyorlaşda ham respublikada öz örnimiz bor. Aytişim mumkinki, naslli parrandaçilik, sohaga ilğor texnologiyalar va innovatsion işlanmalarni joriy etiş, parranda ozuqasini işlab çiqariş va eksport kölamini kengaytirişda mamlakatda yetakçilar safidamiz. Mamlakatimizda birinçi bölib inkubatsion tuxumni Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston hamda Ozarbayjon davlatlariga eksport qilganmiz. Keyingi uç yilda Osiyo, Yevropa va hatto, AQŞ, Lotin Amerikasi davlatlariga 48 million AQŞ dollaridan ortiq mahsulotlar eksport qildik.
[gallery-32385]
– Özbekistonga taşrifimizning beşinçi kunida Samarqandda bölib, parrandaçilik, uzumçilik hamda yem işlab çiqariş tajribasi bilan yaqindan tanişdik, – deydi ozarbayjonlik Şovqi Lalaşov. – Öquv dasturi davomida bizni eng köp qiziqtirgan jihat – suğoriş tizimlari, suvdan samarali foydalaniş va organik öğitlarni qöllaş jarayonlari böldi. Çunki Ozarbayjon ham Özbekiston kabi suv resurslari çeklangan mamlakatlar sirasiga kiradi, şu sababli qişloq xöjaligida suvni tejaş böyiça yondaşuvimiz juda öxşaş. Bu kabi tajriba almaşiş jarayonlari faoliyatimiz uçun foydali bölişi tabiiy.
Seminar iştirokçilari tumandagi “Agromir” masʼuliyati çeklangan jamiyatida ham bölib, mazkur korxona tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş va ularni qayta işlaş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.
Şuningdek, mehmonlar Samarqandning tarixiy-madaniy yodgorliklari va muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari