Sirdaryo paxtakorlari tarixiy xirmonga özlarining munosib hissalarini qöşişdi
Mamlakatimiz paxtaçiligi tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xomaşyosi yetiştirildi. Uşbu tarixiy natijaga Sirdaryo viloyati dehqon va fermerlari ham salmoqli hissa qöşib, davlat rahbarining yuksak eʼtirofiga sazovor böldi. Viloyatda 75,2 ming gektar maydondan 445 ming 980 tonna hosil yiğib olindi, paxta terimida mexanizatsiya darajasi esa 100 foizga yetkazildi.
Qişloq xöjaligidagi har bir yutuq zamirida yerga mehr, ilmiy yondaşuv, zamonaviy agrotexnologiyalar va dehqon-fermerlarning maşaqqatli mehnati mujassam. Joriy yil mamlakatimiz paxtaçiligi tarixida muhim voqea va yuksak natijalar bilan yodda qolmoqda. Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xomaşyosi yetiştirilib, misli körilmagan xirmon bunyod etildi. Uşbu tarixiy natijaga Sirdaryo viloyati paxtakorlari ham munosib hissa qöşdi.

Prezidentimizning qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan bayram tabrigida Sirdaryo viloyati Jizzax, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari qatorida har gektardan 60 sentnerdan yuqori hosil olgan hududlardan biri sifatida alohida eʼtirof etildi. Davlat rahbarining bu eʼtirofi, avvalo, dalada mehnat qilayotgan dehqon va fermerlar, soha mutaxassislari hamda mavsumda iştirok etgan barça mehnat ahlining fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

— Mamlakatimiz paxtaçiligi tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xomaşyosi yetiştirilgani barçamiz uçun quvonarli va tarixiy voqeadir. Sirdaryo viloyatining ham uşbu ulkan xirmonga munosib hissa qöşgani, Prezidentimiz tabrigida hosildorligi yuqori hududlar qatorida eʼtirof etilgani bizga alohida mamnuniyat bağişlaydi. Bu — yil davomida yerdan samarali foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va, eng muhimi, fermerlarimizning fidokorona mehnati natijasidir. Davlat rahbarining eʼtirofi soha vakillari uçun katta rağbat bölişi bilan birga, kelgusida yanada yuqori natijalarga erişiş masʼuliyatini ham oşiradi. Oldimizdagi asosiy vazifa — mavjud imkoniyatlardan töliq foydalanib, hosildorlikni izçil oşiriş, suv va yer resurslarini tejaş, ilğor tajribalarni keng ommalaştirişdir, — dedi Sirdaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari — viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Abror Xidirov.
Mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş, dalalardagi hosilni öz vaqtida yiğib oliş va isrofgarçilikning oldini oliş maqsadida zarur taşkiliy çoralar körildi. Xususan, 260 ta terim otryadi şakllantirilib, 310 ta paxta teriş maşinasi jalb etildi. Terimçilarni taşiş uçun 471 ta, paxtani taşiş uçun esa 648 ta transport vositasi hamda 1 285 ta tirkama safarbar qilindi. Bunday tayyorgarlik terim jarayonini tizimli taşkil etiş va mavsumni belgilangan muddatlarda yakunlaşga xizmat qildi.

Viloyatning qator tumanlarida yuqori hosildorlik körsatkiçlariga erişildi. Jumladan, Mirzaobod va Xovos tumanlarida ayrim maydonlardan har gektar hisobiga 70 sentnerdan ziyod paxta olindi. Mirzaobod tumanida umumiy hosil 81 ming tonnani taşkil etdi. Tumandagi «Sirdaryo Jingu» masʼuliyati çeklangan jamiyatida örtaça hosildorlik 66 sentnerga yetgan bölsa, ayrim maydonlarda bu körsatkiç 90,4 sentnergaça kötarildi.
Xovos tumanidagi “Sobirnazarov Şuhrat” fermer xöjaligida gektaridan 66 sentner, “Zamin Unumdor-777” MÇJda 60 sentner, “Zamondoş Qondoş” fermer xöjaligida 58 sentner, “Turkiston Agrogibrid-2020” fermer xöjaligida esa 55 sentner hosildorlikka erişildi.

Sayxunobod tumanida ham salmoqli körsatkiçlar qayd etildi. “Behzod Jimmanov” fermer xöjaligida gektaridan 67,8 sentner, “Fozilov Arzimurod” xöjaligida 65 sentner, “Şahzod Zamin” xöjaligida 59 sentner, “Duroxşin Azim Daryo” xöjaligida esa 55 sentner paxta yetiştirildi.
“Boyovutlik Humoyun”, “Boyovut Agro Star” MÇJ Sanjarbek Jörayev fermer xöjaligida gektaridan 100 sentnerdan yuqori hosildorlik qayd etildi. “Bolğali Qiliç aka” xöjaligida bu körsatkiç 79,8 sentnerni, “Örinboyev Sarvarbek” xöjaligida esa 78 sentnerni taşkil qildi.
«Oqoltin tumanida “Yangi Zamin Naşidasi” fermer xöjaligi gektaridan 100 sentner yuqori hosildorlikka erişdi. “Oqoltin Bobur Tomorqa Xizmati” MÇJ da 100 sentner, “Yusuf Xoji Ota” va “Elbek Oğabek Diyorbek” fermer xöjaliklarida 70 sentnerdan hosildorlik taʼminlandi.
«Sirdaryo tumanidagi “Omonboy Öğli Tugal”, Xuşmurod Odil fermer xöjaliklarida hosildorlik 100 sentnerdan yuqori taşkil etdi. “Birdamlik” 80.3 sentner “Tinibek Bobo” xöjaligida 70 sentner, “Muzaffar Mirsaid” xöjaligida esa 70 sentnerlik natija qayd etildi.
Erişilgan natijalar zamirida yerdan samarali foydalaniş, tuproq unumdorligini saqlaş, suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş, hudud iqlimiga mos navlarni tanlaş hamda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş kabi omillar muhim örin tutdi. Şuningdek, fermerlar, klasterlar, agronomlar, suv xöjaligi va mexanizatsiya sohasi vakillarining hamkorligi mavsumning samarali taşkil etilişida katta ahamiyat kasb etdi.

Prezidentimiz tomonidan kelgusi yilda paxtaçilikda örtaça hosildorlikni 65–70 sentnerga yetkaziş vazifasi belgilangani soha vakillari oldiga yangi maqsad va masʼuliyat yuklaydi. Buning uçun mavjud imkoniyatlardan yanada oqilona foydalaniş, ilğor tajribalarni keng joriy etiş, ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq qiliş muhimdir.
Sirdaryo paxtakorlarining joriy yilgi natijalari viloyatda paxtaçilik salohiyati yuqori ekanini, töğri taşkil etilgan mehnat va ilmiy yondaşuv orqali yanada yuksak marralarni zabt etiş mumkinligini körsatmoqda. Tarixiy xirmonga qöşilgan bu hissa — daladagi maşaqqatli mehnat, hamjihatlik va masʼuliyat samarasi. Davlat rahbarining eʼtirofi esa sirdaryolik paxtakorlar uçun yangi marralar sari intilişda muhim rağbatdir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri