“Makka alyansi” kengaymoqda: Misr uch tomonlama mudofaa bitimiga qo‘shilishi mumkin
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ma’lum qilishicha, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Pokiston o‘rtasida tuzilgan harbiy-mudofaa shartnomasi kelajakda mintaqaning boshqa davlatlari, jumladan Misr tomonidan ham boyitilishi kutilmoqda. So‘z 7-avgust kuni imzolangan, Muhammad bin Salmon Ol Saud ham ishtirok etgan “Makka qo‘shma mudofaa bitimi” haqida bormoqda.
Fidan ta’kidlashicha, mazkur kelishuvga qo‘shilish istagini bir necha mamlakat bildirmoqda va kelgusi bosqichda Misr safga qo‘shilishi ehtimoli yuqori. Shartli ravishda “Makka alyansi” deb atalgan, Eron atrofidagi nizo asnosida tashkil etilgan mazkur tuzilma ittifoqchilardan biriga qilingan qurolli hujumga birgalikda javob qaytarishni nazarda tutadi. Shu jihati bilan hujjat NATO nizomi 5-moddasidagi jamoaviy mudofaa mexanizmini eslatadi.
Turkiya diplomatik idorasi rahbari Pokiston ushbu guruhga kirishi alyans ta’sir doirasi faqat Yaqin Sharq bilan cheklanib qolmay, anchayin keng hududni qamrab olishidan dalolat ekanini alohida qayd etdi.
Darvoqe, Turkiya rahbari tashkilot safi kengayishini qo‘llab-quvvatlagan, Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dor ham tuzilma eshigi mintaqadagi barcha hamkor davlatlar uchun ochiqligini ta’kidlagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA