Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Italiya. Sitsiliyadagi Etna vulqoni otilish jarayoni davom etmoqda.

Tayvan. Tayjun shahrida havo hujumiga qarshi mashq. Odamlar yer osti panogohida.

Xitoy. Pekin shahrida yangi ochilgan kitob do‘koniga kirganlar savdo markazi ichidagi zinapoyadan tushyapti.

Shotlandiya. Edinburg shahrida amerikalik komik Dryu Laush “Friendliest” shoucini targ‘ib qilish uchun fotosessiyada ishtirok etdi.

Xitoy. Jezyan viloyati Venjou shahrida “Delfin” tayfuni oqibatida devor qulab tushib, bir necha mashinaga zarar yetdi.

Germaniya. Bingen shahri yaqinida Reyn daryosi sathi keskin pasayib, odatda suv ostida qoladigan tosh damba ochildi. Endi yo‘lovchilar daryo o‘rtasidagi Moyzeturm (Sichqon minorasi) tomon yurib o‘tyapti.

Gretsiya. Afina shahri janubidagi Kuvaras yaqinida, chorvachilik xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etmoqda.

Belgiya. Sent-Deni-Bovessda uzoq davom etgan quruq ob-havo tufayli kungaboqar qurib qolgan.

Bangladesh. Manikganjda 200 yillik tarixga ega Gior qayiq bozorida kichik yog‘och qayiqlar sotuvga qo‘yildi. Bu mamlakatdagi eng yirik qayiq bozori hisoblanadi.

Ispaniya, Kastelon viloyati. Tirig yaqinida yuz bergan o‘rmon yong‘inini o‘chirish uchun vertolyotdan olov o‘chog‘iga suv purkaldi.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA