Majburiy ijro chorasi qo‘llanilgach, qarzdorlik to‘liq qoplandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining 2026-yil 17-apreldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.R.dan undiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 6 million 149 ming 520 so‘m kommunal qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tuman bo‘limiga kelib tushgach, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq ish yurituviga qabul qilindi hamda ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.R. ga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy muddatda bajarish zarurligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi va ogohlantirish yuborildi. Biroq belgilangan muddatda qarzdor tomonidan qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanildi. Jumladan, qarzdorga tegishli avtotransport vositasi xatlanib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qo‘llanilgan majburiy ijro chorasi o‘z samarasini berib, qarzdor tomonidan kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘liq qoplandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri