Mahallada yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Go‘zal mahallasida tadbirkor Nizomiddin Lutfiddinov tomonidan g‘ilof tikish sexi tashkil etildi.
Mazkur tadbirkorlik loyihasi doirasida bugungi kunda 20 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxonada kiyim-kechaklar uchun turli o‘lcham va turdagi sifatli g‘iloflar ishlab chiqarilmoqda. Tayyor mahsulotlar zamonaviy talablarga javob berishi, mustahkamligi va sifati bilan xaridorlar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
[gallery-30591]
Ushbu loyiha yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining daromad manbaini kengaytirish va oilalar farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, mahalla aholisining doimiy bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bu esa mahallada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish va aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA