Lolalarga burkangan Navro‘z mahallasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Navro‘z mahallasi tomorqachilikda ilg‘or tajriba maktabi yaratgan hududlardan biri hisoblanadi.
Mahallada 4 yarim ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Xususan, Izzatullo Narzullayev xonadonida gulchilik orqali daromad topish yo‘lga qo‘yilgan. Xonadonda bir necha yildan buyon lola va uning piyozlari yetishtiriladi.
Xonadonda turfa ranglarda tovlanib turgan lolalar manzarasi har qanday kishiga zavq bag‘ishlaydi. Ularning xilma-xilligi va baravj o‘sishi oila a’zolarining boy tajribasi hamda mehnatsevarligidan dalolat.
[gallery-28767]
Muhimi, ushbu xonadon nafaqat o‘z ehtiyojini ta’minlab kelmoqda, balki mahallada gulchilik madaniyatini keng ommalashtirishga ham munosib hissa qo‘shayotir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA