Kuvayt qiruvchisi Amerika samolyotlarini urib tushirdi
Hodisa to‘g‘risidagi dastlabki xabarlar bilan tanish manbalarga ko‘ra, 1-mart kuni Amerikaning uchta G‘-15 samolyoti Kuvayt qiruvchi samolyoti tomonidan tasodifan urib tushirilgan. “Thye Wall street journal” xabar berishicha, barcha uchuvchilar xavfsiz tarzda samolyotdan sakragan va omon qolgan.
Sobiq harbiy amaldor ta’kidlashicha, “do‘stona otishma” hodisasi juda ko‘p samolyot, raketa va dron bir vaqtning o‘zida uchadigan mintaqada havo urushi kutilmagan tarzda kechishi mumkinligini tasdiqlaydi. Ayni holat juda murakkab va oldindan aytib bo‘lmaydigan havo muhitini yaratadi.
“Do‘stona otishma” atamasi tasodifan raqib emas, balki o‘z ittifoqchisi yoki do‘st tomoniga zarba beriladigan vaziyatni anglatadi.
S.Rahimov, O‘zA