AQSHning yangi boj siyosati: Tramp qarori global farmatsevtika bozoriga qanday ta’sir qiladi?
Oq uy rahbari Donald Tramp AQSHga tibbiy dorilarni eksport qiladigan ayrim xorijiy davlatlarga nisbatan 100 foizlik boj joriy etdi. Bu chora global farmatsevtika bozori va uning iste’molchilari uchun nimani anglatadi?
Ta’kidlanishicha, bu chora Qo‘shma Shtatlar bilan savdo kelishuvi mavjud bo‘lmagan davlatlar mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Yirik kompaniyalar uchun boj 120 kundan so‘ng, kichik ishlab chiqaruvchilar uchun esa 180 kundan keyin kuchga kiradi. Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Shveysariya va Lixtenshteyndan keladigan dorilarga 15 foiz boj qo‘llanadi. Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa pastroq stavkalarga ega, chunki ushbu davlat AQSH bilan sohaviy kelishuv tuzgan.
Shuningdek, AQSH Sog‘liqni saqlash va savdo vazirliklari bilan kelishuvga erishgan kompaniyalar bojdan ozod qilinadi yoki 20 foiz stavka bilan import qilish imkoniga ega bo‘ladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA