Kredit-modul va masofaviy ta’lim: talabalar uchun qanday imkoniyatlar bor?(+video)
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi, masofaviy ta’lim shakli hamda ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, kredit-modul tizimi aslida talabaga qanday imkoniyatlar beradi? Masofaviy ta’lim kimlar uchun qulay va uning an’anaviy ta’limdan farqi nimada? Talaba dars qoldirsa, “otrabotka” qilishi shartmi? Akademik qarzdorlik yoki kontrakt to‘lovi kechiksa, talabani o‘qishdan chetlatish mumkinmi?
Shuningdek, HEMIS tizimida baholarni o‘z vaqtida kiritish, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning huquqlari, diplom olish masalalari hamda talabalar akademik yoki tashkiliy noxaqlikka duch kelganda qayerga murojaat qilishi mumkinligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Alijon Xo‘jayev bilan suhbat uyushtirdik.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA