Kreativ tadbirkor yoshlar
Davlat rahbarining mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi bugun keng jamoatchilik tomonidan o‘rganilmoqda. Nutqda ilgari surilgan 7 ta milliy dasturda ko‘zda tutilgan maqsad-vazifalar mazmuni va ahamiyati targ‘ib etilib, undan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olinmoqda.
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Turin politexnika universitetida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Prezidentimiz nutqidagi asosiy g‘oyalar yoshlarga yetkazildi. Yoshlarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash borasidagi islohotlar va ularning natijalari keng tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida yoshlarning qiziqarli ishlanmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Partiya vakillari va deputatlar yigit-qizlarning ilg‘or tashabbus va ishlanmalari bilan tanishar ekan, ularning g‘oya va kreativ g‘oyalari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladilar.
M.Komilova,
O‘zA