Aholi uçun ajratilgan gaz va kömirni talon-taroj qilayotganlarga jinoyat işlari qözğatilmoqda
Içki işlar vazirligida aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va sifatli taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar hamda yöl qöyilayotgan kamçiliklar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Içki işlar vaziri, general-leytenant Aziz Toşpölatov boşqargan yiğilişda kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarini energetika resurslari, jumladan, kömir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş masalasiga eʼtibor qaratildi.
Mahsulotlarning belgilangan manzilga öz vaqtida va töliq yetkazib berilişini nazorat qiliş, taʼminot jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan korrupsiyaviy holatlar, özlaştiriş va talon-torojliklarning oldini oliş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Kuz-qiş mavsumida energetika resurslariga bölgan talabning ortişi ularni yetkazib beriş, taqsimlaş va isteʼmolçilarga yetkaziş jarayonlarida qatʼiy nazoratni talab etadi. Bu borada har bir masʼul idora va taşkilotning vazifasi, vakolati hamda javobgarlik doirasini aniq belgilaş, mavjud imkoniyatlarni bir maqsad yölida safarbar etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga belgilangan grafik asosida yetkazib beriş, ajratilgan resurslarning hisobini yuritiş, taşiş va tarqatiş jarayonlarida şaffoflikni taʼminlaş, isteʼmolçilardan asossiz tölovlar talab qilinişi yoki mahsulotning belgilangan meʼyordan kam yetkazib berilişi kabi holatlarga yöl qöymaslik zarurligi qayd etildi.
Yiğilişning muhim yönalişlaridan biri – energetika resurslarini taqsimlaş va yetkazib beriş tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş böldi.

Jumladan, ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarining haqiqiy hajmi bilan hisobotlarda körsatilgan maʼlumotlar örtasidagi tafovutlar, mahsulotlarning belgilangan isteʼmolçilarga yetkazilmasligi, soxta maʼlumotlar kiritiş, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş, noqonuniy vositaçilik va boşqa qonunbuziliş holatlarini aniqlaşga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Bu borada tegişli idoralar bilan axborot almaşinuvini yölga qöyiş, kelib tuşayotgan murojaatlarni har bir holat kesimida örganiş, aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralarni köriş, ayniqsa, tizimli tus olgan kamçiliklarning kelib çiqiş sabablarini bartaraf etiş muhimligi taʼkidlandi.
Ötgan bir oy davomida amalga oşirilgan işlar natijasida aniqlangan korrupsiyaviy holatlarga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, kömir mahsulotini noqonuniy saqlaş va ötkaziş bilan boğliq jami 16 ta holat aniqlanib, jami 333 tonna 540 kg kömir mahsulotlari noqonuniy muomaladan musodara qilinib, aholiga ehtiyojlari uçun yetkazildi.
Suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş, ötkaziş bilan boğliq jami 374 ta holat aniqlanib, noqonuniy muomaladan jami 9 ming 139 dona gaz balloni hamda 92 tn 936 kg suyultirilgan gaz musodara qilinib, aholi isteʼmoli uçun qaytariş çoralari körildi.
Masalan, ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yilning oktabr oyida Samarqand viloyatida “Pastdargʻomtumangaz” gaz taʼminoti korxonasi xodimlari oldindan jinoiy til biriktirib, aholi isteʼmoli uçun ajratilgan uglevodorod gazi töldirilgan maişiy gaz ballonlarini maxsus transport vositalari yordamida talon-taroj qilayotganliklari aniqlanib, qiymati 32 million sömlik jami 3 tonna 100 kg uglevodorod gaz mahsulotlari musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan “Pastdarg‘omtumangaz” gaz taʼminoti korxonasi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda holatning boşqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Şu munosabat bilan içki işlar organlarining sohaviy xizmatlariga hamda hamkor taşkilotlarning mutasaddilariga vazifalar qöyildi.
Xususan, hududlarda taʼminot bilan boğliq muammolarni örganiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, energetika mahsulotlarining temir yöl orqali taşilişida yuklar butligi va manzilga yetib borişini nazorat qiliş, ularni taşuvçi transport vositalari harakatining xavfsizligini taʼminlaş, gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalarida qöriqlaşni kuçaytiriş, moddiy boyliklarning talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş topşirildi.
«Hududgaztaʼminot» AJ bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga öz vaqtida yetkazib beriş, mahsulot hajmi va taqsimotining hisobini yuritiş, taʼminotdagi uzilişlar sabablarini aniqlaş hamda isteʼmolçilar murojaatlarini hal etiş, Transport vazirligi bilan birgalikda energetika mahsulotlarini taşiş logistikasi va belgilangan yönalişlarga rioya etilişini nazorat qiliş vazifalari belgilandi.
Kömir taʼminotiga masʼul taşkilotlar bilan esa mahsulotlarni qabul qiliş, saqlaş va aholiga yetkaziş jarayonlarida hisobdorlikni taʼminlaş yuzasidan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Vazir örinbosarlari, sohaviy va hududiy xizmatlarning rahbarlari, «Hududgaztaʼminot» AJ va uning hududiy bölinmalari mutasaddilari, şuningdek “LPG-Trade” MÇJ masʼullari iştirok etgan yiğiliş yakunida masʼul xizmatlar va hamkor taşkilotlarga belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga oliş, hududlardagi holatni joyiga çiqqan holda örganiş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.
N.Abduraimova, ÖzA