Konimexning turizm imkoniyatlari
FOTOREPORTAJ
Konimex tumani Navoiy viloyatining o‘ziga xos tabiiy-geografik hududlaridan biri. Keng sahro va cho‘l hududlari, betakror tabiati, o‘ziga xos landshafti, chorvachilik an’analari va milliy qadriyatlari tumanda turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki va ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor Konimexning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Tuman hududida ekoturizmni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tabiiy va tarixiy ob’ektlar mavjud. Jumladan, betakror landshaftlar, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi, arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar hamda nodir geologik kesimlar sayyohlarda qiziqish uyg‘otishi mumkin.
[gallery-30921]
Konimexning turizm salohiyatini belgilaydigan muhim omillardan yana biri hududda shakllangan milliy urf-odatlar, an’analar va o‘ziga xos turmush tarzidir.
Mahalliy aholining kundalik hayoti, milliy taomlari, hunarmandchiligi, chorvachilik madaniyati va qadriyatlarini sayyohlarga namoyish etish orqali etnoturizm yo‘nalishini ham rivojlantirish mumkin.
Milliy uslubdagi o‘tovlar, sahro sharoitidagi dam olish maskanlari, milliy taomlar va folklor dasturlarini qamrab olgan turistik marshrutlar hududning o‘ziga xos qiyofasini namoyon etadi.
Bunday loyihalarni amalga oshirish mahalliy aholi uchun yangi daromad manbalari va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qiladi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA