Yosh geograf xalqaro e’tirof etildi
Hozirgina olingan xabarga ko‘ra, Yahyo Hakimjonov xalqaro olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-Xalqaro geografiya olimpiadasi – “iGeo-2026”da dunyoning qariyb 50 ta mamlakatidan kelgan 184 nafar yosh geograf ishtirok etmoqda. Olimpiadada yozma test, multimedia sinovi hamda dala amaliyoti mashg‘ulotlari bo‘yicha bilimlar baholandi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi – Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Hakimjonov Yahyo Zafarjon o‘g‘li muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro geografiya ittifoqi (IGU) homiyligida tashkil etiladigan 16-19 yoshli iqtidorli yosh geograflar xalqaro musobaqasi fan olimpiadasiga tenglashtirilgan va uning g‘olib, sovrindorlari shu darajada e’tirof etiladi.
Shunday qilib, Yahyo Zafarjon o‘g‘li Hakimjonov 16-19 yoshlilar o‘rtasida dunyoning eng bilimdon 3-geografi deb tan olindi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA