Kitobxonlik bellashuvida Xurshidjon Hamroyev g‘olib bo‘ldi
Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligida “Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovining agentlik bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov avvalida Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ilhom Jo‘rayev kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalib, kitob o‘qish dunyoqarashni kengaytirish, tafakkurni rivojlantirish hamda intellektual salohiyatni oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Unda agentlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan 7 nafar xodim o‘zbek adabiyoti, sohaviy asarlar va motivatsion kitoblar bo‘yicha bilimlarini namoyish etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Axborot-tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi Xurshidjon Hamroyev birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Mohira Abdukarimova ikkinchi, Umid Ahmedov esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA