Kiçik maydonda katta imkoniyat
Farğona viloyati Rişton tumanidagi Hojiqişloq mahallasida yaşovçi Faxriddin Yodgorov öz xonadonida şampinon qöziqorini yetiştirişni yölga qöyib, oila aʼzolarining bandligini taʼminladi. Avvallari duradgorlik sohasida ustalarga yordamçi bölib işlagan yoş tadbirkor bugun öz biznesini rivojlantirmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun dastlab yetarli mablaği bölmagan Faxriddin Yodgorov mahalla masʼullari kömagida 100 million sömdan ziyod imtiyozli kredit oldi. Şuningdek, öz mablağlarini ham yönaltirib, xonadoni hududida bir sotixdan kam maydonda maxsus bino barpo etdi.
— Mahalla masʼullari taşabbusimni qöllab-quvvatladi. Kredit mablağiga qöşimça ravişda şaxsiy avtomaşinamni ham sotib, işga sarmoya kiritdim. Qöziqorin yetiştiriş uçun zarur çirindi, uruğ va torf xarid qildim. Bu jarayonda harorat va namlikni meʼyorda saqlaş, mahsulotni muntazam parvarişlaş muhim. Taxminan 45–50 kunda hosil oliş mumkin, - deydi Faxriddin Yodgorov.
Mavjud maydondan samarali foydalaniş maqsadida bino içiga tört qavatli maxsus tokçalar örnatilib, qöziqorin yetiştiriş uçun zarur şaroit yaratildi. Joriy yilning avgust oyida boşlangan faoliyat dastlabki natijasini berdi. Yetiştirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Tadbirkorning aytişiça, bir yilda tört marta hosil oliş mumkin. Har bir hosildan 60 million sömdan ziyod tuşum oliş imkoniyati mavjud. Kelgusida işlab çiqariş hajmini kengaytiriş va mahsulotni eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan.
Eʼtiborlisi, mazkur taşabbus orqali oilaning beş nafar aʼzosi iş bilan band böldi. F. Yodgorov endilikda orttirgan tajribasini mahalladoşlari bilan örtoqlaşib, ularni ham tadbirkorlikka jalb etişni maqsad qilgan.
[gallery-32371]
Xonadonda yölga qöyilgan uşbu faoliyat kiçik maydonda ham daromadli iş taşkil etiş, oilaviy bandlikni taʼminlaş va mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlari mavjudligini körsatmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA