Yoşlarni faqat demografik körsatkiç sifatida baholaş töğri emas...
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan payşanba kuni mamlakatimizda “Yoşlar kuni” sifatida belgilangan edi. Şu munosabat bilan idora va taşkilotlar, muassasalarda yoşlar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning fikrini eşitiş, yangi ğoya va taşabbuslarini röyobga çiqarişga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Kuni keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Adolat” SDP taşabbusi bilan taşkil etilgan “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ham ayni maqsadga qaratilib, unda yoşlarning orzu-intilişlari, taşabbuslari va takliflari tinglandi.
Uçraşuvda “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi raisi örinbosari Ozoda Parpiboyeva, partiyaning Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi rahbari örinbosari Muhammadjon Valiyev hamda fraksiya aʼzolari, partiya xodimlari va talaba-yoşlar iştirok etdi.

Muloqot davomida söz olganlar mamlakatimizda yoşlar siyosatiga oid islohotlar, yoş avlodning jamiyat va davlat boşqaruvidagi örni va iştirokini kengaytiriş borasidagi saʼy-harakatlar haqida alohida töxtalib ötdi.
Qayd etilganidek, ayni paytda 1 million 422 mingdan ortiq “Adolat” SDP aʼzolarining 562 mingga yaqini, yaʼni 39,5 foizini yoşlar taşkil etadi. Bu raqamlar partiya hayotida yoşlarning örni va taʼsiri tobora ortib borayotganini körsatadi. Yoşlarni faqat demografik körsatkiç sifatida baholaş emas, balki ularning bilimi, salohiyati, ğoya va taşabbuslari mamlakat rivojida muhim örin tutişini alohida eʼtirof etiş lozim.

Uçraşuv davomida yoşlar ham öz fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi. Öz soha va qiziqişlaridan kelib çiqib, masʼullarga savollar bilan murojaat qildi. Yoşlarning taşabbuslari muhokama qilinib, ularni qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratildi.
M.Komilova,
ÖzA