Kelajak mutaxassislari bugundan şakllanmoqda (+video)
Bir guruh urgutlik maktab öquvçilari “Kelajakka bugundan qadam” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida böldilar.
Urgut tumanidagi Abdusaid Köçimov kutubxonasi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida taşkil etilgan uşbu loyiha yoşlarni kombinat hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti faoliyati bilan yaqindan taniştiriş, yoşlarda konçilik va metallurgiya sohalariga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, ularni uşbu yönalişlarda bilim oliş va kasb egallaşga rağbatlantirdi.

Bugungi kunda kombinat tizimida 51 ming kişi mehnat qilmoqda. Ularning 12 ming nafarini yoki 22 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Ayni paytda zamonaviy gidrometallurgiya zavodlari, kon-şaxtalar, sex va uçastkalarni ilm va kasb çöqqilarini puxta egallagan yoşlar boşqarmoqda.
Dastlab öquvçilar Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida bölib, taʼlim jarayonlari, zamonaviy öquv laboratoriyalari va ularda olib borilayotgan işlar, iqtidorli talabalarning ixtiro va startap loyihalari körgazmasi bilan tanişdilar.

Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti yurtimizda konçilik sohasi uçun malakali mutaxassislar yetkazib berayotgan yetakçi oliygohlardan biridir. Hozirda universitetda 10 ming 798 nafar talabaga 441 nafar pedagog taʼlim beradi. Ilmiy salohiyat esa 57,4 foizni taşkil etmoqda. Ayni paytda oliygohda 6 ta fakultetda 27 ta bakalavriat va 23 ta yönalişda magistratura yönalişi mavjud.
– Navoiy şahrida bölayotgan sayohatimiz birinçi kuni va bunda biz juda ham katta taassurotlar oldik. Sababi, öquvçi-yoşlarning aksariyat qismi bu yerga kasb tanlaş va kelajakdagi qadamlarini qanday qöyiş borasidagi masalalar bilan keldi, – deydi 37-umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Ergaş Hamroyev. – Birinçi çorak yakuni, yaʼni taʼtilga çiqişning boşlaniş davri juda ham mazmunli boşlandi, deyişimiz mumkin. Mahallamizda joylaşgan 3-sonli kasb-hunar maktabining sanoat yönalişi, aynan elektrlaştiriş hamda avtomatlaştiriş yönalişi öquvçilarini ham olib kelganmiz. Ular birinçi kunning özida: “Ustoz, bu yerda biz ham işlaymiz va kelajakda kasbimizni quramiz”, degan ajoyib tilaklarni, maqsadlarni aytişdi. Hozirgi kunda öquvçilarimizning öndan ortiği tegişli milliy sertifikatlarga ega va universitetga kirişda hisobga olinişini eşitib juda ham xursand bölişdi. Bu uçraşuv biz - ustozlarga ham tajriba bölyapti. Çunki yaqin orada ularga bilim berişda nimaga eʼtibor qaratiş kerakligini özimiz uçun reja qilamiz. Hozirda yoşlarning kelajakda kasb tanlaş bilan boğliq jarayonlarda ozgina qiynalayotgandik va bu ayni muddao böldi, deb hisoblayman. Sababi, öquvçi-yoşlar şu soha böyiça juda ham köp savol berganda, men yetarliça bilimim yöqligi uçun javob bera olmasdim. Bugun esa universitet dekan va öqituvçilari öquvçilarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javoblar berişdi.

Universitetning majlislar zalida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boşqaruv raisi – Boş direktori, Özbekiston Qahramoni, senator Quvondiq Sanoqulov hamda Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori, senator Abdusaid Köçimov iştirokida “Senatorlar va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi.
Tadbirda navoiylik yoşlar bilan birga Urgut tumanidan kelgan törtta umumtaʼlim maktabi yuqori sinf öquvçilari va ularning ustozlari qatnaşdi.
Bugun yurtimizning barça hududlarida, jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham köplab yer osti va yer usti boyliklari mavjud. Kelgusida ularni qazib oliş hamda qayta işlaş korxonalari işga tuşiriladi. Ularda faoliyat yuritiş uçun esa yuzlab, minglab mutaxassislar kerak. Va, albatta, ularda bugun voyaga yetayotgan yoşlar işlaşadi. Buning uçun esa yoşlarni hozirdan kasbga qiziqtiriş va örgatiş lozim.

Uçraşuvda senatorlar yoşlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi, taşabbus va ğoyalarini amaliyotga tatbiq etişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritdilar.
Taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda inson, uning qadr-qimmati, bilim va salohiyatini röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yoş avlodning zamonaviy bilimlarni egallaşi, raqobatbardoş kasb-hunarlarni özlaştirişi, jamiyat va davlat taraqqiyotida faol iştirok etişi uçun şart-şaroit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.

Albatta, Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi yirik sanoat korxonalarining rivojlanişi ham yangi avlod mutaxassislariga bölgan talabni oşiradi. Sanoat tarmoqlarida raqamlaştiriş, avtomatlaştiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik talablarni taʼminlaş jarayonlari tobora kengaymoqda. Bu esa barça yönalişlardagi mutaxassislardan doimiy ravişda bilim va malakani oşirib borişni talab etadi.

Uçraşuvda yoşlar tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar qöllab-quvvatlanib, ularni amalga oşiriş mexanizmlari belgilab olindi. Universitet va maktablar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, yoş mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşirişga qaratilgan hamkorlikni kengaytiriş taklifi bildirilib, öquvçilarning qöşimça bilim olişi uçun oliy öquv yurti professor-öqituvçilari yaqindan kömak berişga tayyor ekanliklarini bildirişdi.

Tadbir sönggida Abdusaid Köçimov kutubxonasi, 37-umumtaʼlim maktabi hamda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti örtasida ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantirişga qaratilgan uç tomonlama memorandum imzolandi.
Tadbirda Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori, taniqli adib, şoir, jurnalist, senator Abdusaid Köçimovga Navoiy davlat universitetining “Faxriy professori” unvoni berildi.
Mazkur faxriy unvon uning mamlakatimiz jurnalistikasi va axborot sohasi rivojiga qöşgan munosib hissasi, köp yillik samarali faoliyati hamda yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltiriş yölidagi xizmatlariga yuksak ehtirom ramzi sifatida taqdim etildi.

Öquvçilar “Farhod” madaniyat saroyida joylaşgan “NKMK tarixi” muzeyiga sayohat qilib, mamlakatimiz konçilik sanoatining şakllaniş tarixi, taraqqiyot bosqiçlari va bugungi yutuqlari haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega böldilar.
Sayohatning ikkinçi kuni Navoiyga taşrif buyurgan urgutlik öquvçilar Navoiy maşinasozlik zavodida bölib, korxonadagi iş jarayonlari va işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar.
Bugungi kunda korxonada 3,5 ming nafardan ortiq muhandis-texnologlar, metallurglar, mexaniklar, konstruktorlar va boşqa kasb egalari fidokorona mehnat qilmoqda.

Zavodda kombinat gidrometallurgiya zavodlari uçun zamonaviy şarli tegirmonlar, gidrotsiklon va konveyer qurilmalari, nasoslar, quyiltirgiçlar, nostandart uskunalar, metallkonstruksiyalar va boşqa turdagi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Mahalliylaştiriş dasturi doirasida 2025-yilda 103 ta loyiha böyiça 1,1 trillion sömdan ortiq mahalliylaştirilgan mahsulotlar işlab çiqarilgan bölsa, 2026-yilda esa 123 ta loyiha böyiça 1,8 trillion sömdan ortiq mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan.
– Kuni keça Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetidagi taʼlim jarayonlari, laboratoriyalarni borib kördik, – deydi maktab öquvçisi Tohirjon Nosirov. – Bugun esa yirik sanoat korxonalaridan biri bölgan Navoiy maşinasozlik zavodida bölib, işlab çiqariş jarayonlarini bevosita kuzatdik. Işçilar bilan suhbatda böldik. Markazda talaba aka va opalarimiz bilan uçraşdik. Ayrim tengdoşlarimiz jarayonlarni körib, kelgusida kombinat bölinmalarida işlaşni rejalaştirganliklarini aytişmoqda. Men ham kelgusida Navoiyda tahsil olib, uşbu korxonada işlamoqçiman.


Zavoddagi Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va innovatsion rivojlantiriş markazi öquvçilarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda 2024-yilda universitet kafedrasi taşkil etilgan bölib, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirgan holda olib borişadi.
– Öquvçilarimiz Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetidagi taʼlim jarayonlari, u yerda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot işlari, talabalarning yaşaş şaroitlari bilan tanişdilar, – deydi universitet rektori Baxtiyor Mardonov. – Şu bilan birga, senatorlar Quvondiq Sanoqulov hamda Abdusaid Köçimov iştirokida “Senatorlar va yoşlar” uçraşuvi böldi. Bundan maqsad – yoşlarning konçilik-metallurgiya sohasiga qiziqişlarini oşiriş, ularning kelgusida mana şu yönalişda taʼlim olişlari uçun boşlanğiç tuşunçalar beriş edi. Bu soha bugungi kunda eng rivojlanayotgan sohalardan biri bölib, iqtisodiyotimizning drayverlaridan biri hisoblanadi. Ular talabalarning oliy taʼlim muassasasida olgan nazariy bilimlarini bugun qanday qilib amaliyotda joriy etayotganliklarini, uni mustahkamlayotganliklarini öz közlari bilan kördilar. Bu birinçi navbatda, öquvçilarda taʼlim yönalişlariga bölgan qiziqiş, ikkinçi navbatda, işlab çiqariş korxonalarida böladigan jarayonlarni körib, ularning özlarida yanada ruhlantiriş paydo böladi. Mana hozir yurtimizda iqtisodiy rivojlaniş ketayotgan bir vaqtda, Urgut hududida ham mana şu kon-metallurgiya yönalişidagi işlar, loyiha işlari amalga oşirilmoqda. Ular kelajakda şu hududda işlab çiqarişni rivojlantirişga asosiy hissa qöşadigan kelajak yoş avlodi hisoblanadi. Bizning maqsadimiz – mana şu yoşlarni kelajakda Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida talabalar sifatida köriş va kelgusida öşa hudud uçun yetuk kadrlar tayyorlaş. Kelajakda tumandagi 37-maktabda universitet professor-öqituvçilari hamkorligida öquv jarayonlarini taşkil etamiz. Ularni olib kelib akademik litsey va muhandislik maktablaridagi öquv jarayonlariga jalb etamiz va öşa yerdagi öqiydigan öquvçilar bilan birgalikda öquv jarayonlarida bular ham birga iştirok etişadi.


Loyiha doirasida zavodning madaniyat va sport majmuasida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi ham taşkil etildi. Unda zavod faoliyatiga oid videorolik namoyiş qilinib, korxona haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Albatta, Navoiy maşinasozlik zavodida amalga oşirilayotgan işlar korxonaning işlab çiqariş salohiyatini oşiriş bilan birga, Navoiy viloyati va mamlakat sanoati uçun zarur bölgan maşinasozlik mahsulotlarini özlaştiriş, yangi iş örinlari yaratiş va işlab çiqariş kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.

“Kelajakka bugundan qadam” loyihasi doirasida taşkil etilgan mazkur sayohat urgutlik öquvçilar uçun nafaqat yangi bilim va taassurotlar manbai, balki kelajak kasbini tanlaş yölida muhim tajriba maktabi böldi. Ular konçilik, metallurgiya va maşinasozlik sohalaridagi zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, ilm-fan va amaliyot uyğunligi, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar.
Eng muhimi, bu kabi taşabbuslar yoşlarning kasbiy qiziqişlarini erta şakllantiriş, ularni ilm olişga, izlanişga va yangilik yaratişga undaydi.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat, video), ÖzA muxbirlari