Qidiruvdagi qarzdor avtomoykadan topildi
Har bir ota-ona öz farzandi voyaga yetguniga qadar uning moddiy taʼminoti haqida qayğurişi, taʼlim-tarbiyasiga befarq bölmasligi qonunda majburiyat sifatida belgilangan. Ammo şunday otalar ham borki, ular öz zimmasidagi burçni unutiş, dilbandlarining taʼminotidan böyin tovlaş uçun turli bahona va joylarni izlab yurişadi.
Namanganda Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boşqarmasi xodimlarining qidiruv harakatlari natijasida aliment tölaşdan böyin tovlab kelgan ana şunday qarzdor şaxs aniqlandi.
Byuroning Davlatobod tumani bölimi tomonidan aliment tölaşdan böyin tovlab kelgan qarzdor qidiruvga berilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qarzdor Toşkent şahrining Bektemir tumani hududida joylaşgan avtomoykada ekanligi aniqlanib, davlat ijroçisiga topşirildi.
Maʼlum bölişiça, u bir nafar farzandi taʼminoti uçun aliment tölaşdan boş tortib kelib, hozirga qadar töplangan aliment qarzdorligi 31 million söm miqdoriga yetgan.
– Bola taʼminoti uçun belgilangan aliment majburiyatlarini öz vaqtida bajarmaslik nafaqat qonuniy talablarni buziş, balki farzandning moddiy manfaatlariga ham salbiy taʼsir körsatadi, – deydi MIB Davlatobod tuman bölimining boşliği Qobiljon Arslonov. – Şunday ekan, kelgusida ham aliment undiruvi bilan boğliq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlaş, qarzdorlarni aniqlaş va ularning qonuniy majburiyatlarini bajarişlariga erişiş borasidagi amaliy işlarimizni izçil davom ettiramiz.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri