Katta Chimyonning xavfli so‘qmoqlari: 7 kishi qanday qutqarildi? (+video)
Tog‘dagi qutqaruv operatsiyasi faqat manzilga yetib borishdan iborat emas. Bu — vaziyatni to‘g‘ri baholash, xavf-xatarni hisobga olish va har bir harakatni aniq rejalashtirishni talab etadigan mas’uliyatli jarayon. Ayniqsa, yo‘lni yo‘qotgan insonlarni qidirishda vaqt ham, tog‘ sharoiti ham muhim ahamiyatga ega. Qutqaruvchilar esa o‘z xavfsizligini ta’minlagan holda, yordamga muhtoj fuqarolarni topish va ularni xavfsiz joyga olib chiqish uchun harakat qiladi. Katta Chimyondagi voqeada ham qutqaruv xizmati xodimlarining tezkorligi, kasbiy mahorati va hamjihatligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Xo‘sh, nima sodir bo‘lgan edi?
Yetti nafar fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqish jarayoni qanday kechdi?
Bu haqda Bo‘stonliq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakili gapirib berdi.
Batafsil quyidagi videoda.
Mohichehra Eshmirzayeva,
Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA