Kaspiy dengizida mashg‘ulot o‘tkazayotgan 9 nafar qozog‘istonlik harbiy halok bo‘ldi
24-sentabr kuni Kaspiy dengizi sohilida o‘quv-jangovar topshiriqni bajarayotgan qozog‘istonlik harbiylar bilan noxush hodisa yuz berdi. Qardosh mamlakat Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, baxtsizlikka ob-havo to‘satdan yomonlashishi va kuchli shamol turishi sabab bo‘lgan.
Fojea oqibatida to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, uch kishi qutqarildi, qolganlar qidirilmoqda. Qutqaruv amaliyotiga Harbiy-dengiz kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aviatsiya bo‘linmalari hamda boshqa tegishli xizmatlar jalb etilgan.
Hukumat vafot etganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ularning oilalariga zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tafsilotni o‘rganish uchun maxsus tezkor-tergov guruhi tuzildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA