Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibidagi dastlabki “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sh.Otemisov so‘zga chiqdi. Ushbu masala to‘liq ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.
Navbatdagi masala “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonunining loyihasi haqida bo‘lib, bu masala bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Niyazov so‘zga chiqdi.
Mazkur masala bo‘yicha deputatlar tegishli qaror qabul qilishdi.
Shundan so‘ng Byudjet daromadlari rejasining ijrosi va soliq qarzdorliklarini kamaytirishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Jo‘qorg‘i Kengesning Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi B.Seytnazarov so‘zga chiqdi va ushbu masala yuzasidan deputatlar tegishli qaror qabul qilishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining 2025-yilda amalga oshirgan ishlari haqida bo‘lib, bu masala yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakil J.Shlimbetov ma’ruzasi tinglandi va qaror qabul qilindi.
Sessiyada shuningdek Qoraqalpog‘iston Республиkaси byudjetining 2025-yilgi ijrosini tashqi audit va baholashdan o‘tkazish yakuni to‘g‘risidagi, tijorat banklari tomonidan dasturlar doirasida kredit mablag‘lari ajratilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar borasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijasi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, Jo‘qorg‘i Kengesning o‘tgan to‘qqizinchi sessiyasida ushbu masala bo‘yicha Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Республиkaси Bosh boshqarmasiga Parlament so‘rovi yuborilgan edi. Sessiyada Parlament so‘rovi natijasi bo‘yicha Markaziy bank Қорақалпоғистон Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Isakov so‘zga chiqdi. Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qaror qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan fuqarolar ro‘yxatini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining maxsus Qonunini qo‘llab, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilayotgan 800 nafar fuqaroning ro‘yxati sessiya qarori bilan tasdiqlandi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.Bu masala bo‘yicha Abibullayev Yelubay Ongarbayevichning nomzodi tavsiya etildi.
Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullandi va Ye.Abibullayev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari