“Jizzax adiblari” ko‘p jildli kitoblar majmuasi taqdimoti o‘tkazildi (+video)
Jizzax zamini o‘tmishda ham, bugungi kunda ham ko‘plab olimlari, shoir va yozuvchilari, xalq baxshilari yurti sifatida mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi.
Darhaqiqat, Jizzax vohasi qadim va navqiron o‘lka. Bu diyorda ne-ne allomalar, shoir-u yozuvchilar yashab o‘tganlar va o‘zlaridan qimmatli ma’naviy yodgorliklar qoldirishgan. Ammo, arxivlarda, qo‘lyozmalar institutlarida saqlanayotgan qimmatli ma’lumotlar, ijod namunalari keng kitobxonlar ommasiga hamon noma’lumligicha qolayotgan edi. Ularni to‘plab, keng ommaga taqdim etishni maqsad qilgan holda, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi “Jizzax adiblari” loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyihaning amalga oshirilishi viloyat madaniy-ma’rifiy hayotida katta voqea bo‘ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Jizzax adiblari” kitobining 3-jildida XX asrda ijod etgan jizzaxlik shoirlar haqidagi ma’lumotlar va ularning asarlaridan namunalar asosiy o‘rinni egallab, XXI asrda ijod qilayotgan voha ijodkorlari haqidagi ma’lumotlar va ijod namunalari bilan yanada muxtasar bo‘ldi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/C-gVoK2Yhds" title="“Jizzax adiblari” ko`p jildli kitoblar majmuasi taqdimoti o`tkazildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA