“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonlari topshirildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida bir guruh sport fidoyilari hamda soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan qator tashkilotlarning vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Yurtimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida barkamol etib voyaga yetkazishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun bir guruh mutaxassislarga "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.
Taqdirlash marosimida mukofotlanganlar jonajon vatanimizda davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor yuqori samara berayotganini e’tirof etdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA