“Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi”ga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi
Joriy yilning 27–30-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur forumni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimlari, oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorlik bo‘limlari rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilish davomida forumni yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi, ta’lim muassasalari o‘rtasida belgilangan vazifalar va yo‘nalishlar taqsimotida yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA