JCH-2026. O‘zbekiston ilk turda Kolumbiyaga yutqazdi
Meksikadagi "Mexiko Siti" stadionida bo‘lgan bahsda kolumbiyaliklar safida Daniyel Munos (40), Luis Dias (65) va Jaminton Kampas (90+9) gol urdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati 1-turida Kolumbiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Meksikadagi "Mexiko Siti" stadionida bo‘lgan bahsda kolumbiyaliklar safida Daniyel Munos (40), Luis Dias (65) va Jaminton Kampas (90+9) gol urdi.
Vakillarimiz safida Abbosbek Fayzullayev 60-daqiqada yurtimizning mundialdagi ilk to‘pini kiritdi.
«K» guruhida Kolumbiya 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. Portugaliya va Kongo DR 1 ochkodan to‘plagan holda 2 va 3-o‘rinda. O‘zbekiston hozircha so‘nggi pog‘onada.
"Oq bo‘rilar" navbatdagi o‘yinini 23-iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.