Mbappe Olise bilan o‘ynash yoqishini aytdi
Fransiya milliy terma jamoasi Iroqni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mbappe ushbu bahsda dubl muallifiga aylandi.
Kilian Mbappe JCH–2026 guruh bosqichida Iroq ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Maykl Olise haqida iliq fikr bildirdi.
Mazkur uchrashuvda Olise Mbappening ilk goliga assistentlik qilgan edi.
“Maykl Olise bilan o‘ynash juda oson. U boshini ko‘tarib harakat qiladi va mening yugurishlarimni doimo ko‘rib turadi. Maykl bilan bir jamoada o‘ynash menga yoqadi”, — dedi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy terma jamoasi Iroqni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mbappe ushbu bahsda dubl muallifiga aylandi.
Guruh bosqichining uchinchi turida Fransiya Norvegiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Iroq milliy terma jamoasi esa Senegal milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.