JCh-2026 dagi noodatiy o‘zgarish: Jamoalar zaxira futbolchilariga o‘yinni kiyinish xonasidan kuzatishga ruxsat berishi mumkin
Manbaning ma’lum qilishicha, agar ushbu tartib joriy etilsa, murabbiy yordamchisi zaxira o‘rindig‘idan kiyinish xonasiga boradi va jamoa o‘yinchini almashtirishni rejalashtirgan taqdirda futbolchilarni chigalyozdi mashg‘ulotlariga yuboradi.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCh-2026 musobaqasida ishtirok etuvchi ko‘plab terma jamoalar haddan tashqari issiq ob-havo tufayli zaxira futbolchilariga uchrashuvlarni kiyinish xonasidan turib kuzatishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar ushbu tartib joriy etilsa, murabbiy yordamchisi zaxira o‘rindig‘idan kiyinish xonasiga boradi va jamoa o‘yinchini almashtirishni rejalashtirgan taqdirda futbolchilarni chigalyozdi mashg‘ulotlariga yuboradi. Avvalroq, FIFA hakamlar zimmasiga futbolchilar suv ichib olishlari uchun har bir bo‘lim o‘rtasida uchrashuvni ikki marta to‘xtatib, tanaffus e’lon qilish majburiyatini yuklagan edi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati joriy yilning 11-iyun, payshanba kuni start oladi. Musobaqaning ochilish uchrashuvida turnir mezbonlaridan biri — Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) jamoasiga qarshi maydonga tushadi.