JCH-2026: Xorvatiya Panamani kichik hisobda mag'lub etdi
Ushbu g'alabadan keyin ochkolarini 3 taga yetkazgan xorvatlar "L" guruhida 3-o'rinni egallab turibdi.
Xorvatiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Panama ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Kanadaning Toronto shahridagi "Bimo Fild" stadionida bo'lib o'tdi.
O'yindagi yagona golga 54-daqiqada Yosip Stanishichning uzatmasidan so'ng hujumchi Ante Budimir mualliflik qildi.
Ushbu g'alabadan keyin ochkolarini 3 taga yetkazgan xorvatlar "L" guruhida 3-o'rinni egallab turibdi. Ochko jamg'ara olmagan Panama esa so'nggi pog'onada qoldi va pley-offga chiqish imkoniyatini rasman yo'qotdi.
3-turda Xorvatiya Gana bilan kuch sinashsa, Panama Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv ham shanba kuni, 27-iyun sanasida bo'lib o'tadi.