JCH-2026: Braziliya Shotlandiyani yirik hisobda taslim qildi, Marokash Gaitini mag‘lub etdi
«C» guruhida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi.
Jahon chempionatida 3-tur o‘yinlari davom etmoqda. Biroz avval «C» guruhida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi.
Braziliya so‘nggi turda Shotlandiyaga qarshi maydonga chiqib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsda Vinisius Junior dubl qayd etgan bo‘lsa, Mateus Kunya yana bir golga mualliflik qildi.
Guruhning yana bir o‘yinida Marokash Gaiti ustidan 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Afrikaliklardan Ashraf Hakimiy, Ismoil Saybari, Sofiyan Rahimiy va Gessime Yassine gol urgan bo‘lsa, Gaitidan Uilson Isidor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, marokashliklar darvozaboni Yassin Bunu o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.
Guruhda Braziliya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. 7 ochkosi bor Marokash to‘plar farqiga ko‘ra 2-o‘ringa tushib qoldi. Shotlandiya 3 ochko bilan 3-pog‘onada, Gaitida esa ochko yo‘q (4-o‘rin).