JCH-2026: Bosniya va Gersegovina Qatarni mag‘lub etdi, Shveytsariya Kanadadan ustun keldi
Biroz oldin «B» guruhida so‘nggi turning ikki uchrashuvi yakunlandi.
Jahon chempionati-2026'da so‘nggi 3-tur o‘yinlari start oldi. Biroz oldin «B» guruhida so‘nggi turning ikki uchrashuvi yakunlandi.
Bosniya va Gersegovina Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Yevropaliklar safida Karim Alaybegovich (29) va Ermin Maxmich (80) gol urgan bo‘lsa, qatarliklardan Mahmud Abunada (34) o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Javob golini esa Xasan Al-Haydos kiritdi.
Yana bir bahsda Shveytsariya mezbon Kanadani 2:1 hisobida taslim qildi.
Yevropaliklardan Ruben Vargas (46) va Yoan Manzambi (57) gol urdi, Kanadaning yagona javob to‘pini Promise David 76-daqiqada kiritdi.
Guruhda Shveytsariya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Kanada 4 ochko bilan 2-o‘rinda, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ulardan ortda qolgan Bosniya va Gersegovina (4 ochko) 3-o‘rinni oldi. Qatar 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egalladi va turnirni tark etdi.