Janubiy Koreyada eng yuqori harorat, Lixtenshteynda kiberjinoyat, Donald Tramp Eronga qarshi - Xorij xabarlari (+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida dunyoda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar bilan tanishasiz. Janubiy Koreyada 122 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat qayd etildi. Lixtenshteynda esa yirik kiberjinoyat oqibatida 31 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlandi.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi rejalashtirilgan yangi harbiy amaliyotni vaqtincha kechiktirganini ma’lum qildi.
Dasturimizda, shuningdek, Seuta chegarasidagi migrantlar fojiasi, AQSHda hali tug‘ilmagan chaqaloqqa bachadon ichida o‘tkazilgan noyob operatsiya, Odessadagi qurolli hodisa hamda xalqaro maydondagi boshqa muhim voqealar haqida ham so‘z boradi.
Batafsil video davomida:https://youtu.be/wFU9vv9Vvuw?si=cFOdanlMUdc7eot_
Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA