Jamila Shermuhammedova: inson o‘zini tarbiya qilmasa, hech kim uni o‘zgartira olmaydi (+video)
“O‘zingdan boshla” yangi loyiha
Inson hayotida tarbiya va qadriyatlar hal qiluvchi o‘rin tutadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedovaning fikricha, inson o‘zini tarbiya qilmasa, hech kim uni to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi.
Uning hayot qarashlarida oila tarbiyasining o‘rni katta. Ziyoli oilada voyaga yetgan professor katta oila muhitida o‘sganini va bu jarayon unda mas’uliyat hissini shakllantirganini ta’kidlaydi. Bolaligida otasidan eshitgan oddiy, ammo mazmunli gaplar uning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatgan.
Xususan, “lavozimga yopishib olmaslik” haqidagi o‘git unga kamtarlik va adolat tamoyillarini o‘rgatgan. Shu bilan birga, kibrdan yiroq bo‘lish, birovning mehnatidan foydalanmaslik va o‘zini ortiqcha maqtamaslik kabi qadriyatlar uning hayotiy pozitsiyasiga aylangan.
J.Shermuhammedova ta’kidlaganidek, insonning haqiqiy qadri uning amallari va oddiyligida namoyon bo‘ladi. Shu bois jamiyatda o‘zgarish qilishni istagan har bir inson, avvalo, o‘zidan boshlashi zarur.
Suhbatning to‘liq qismi quyidagi havolada.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eExDfzf2Bf4" title="Jamila Shermuhammedova: inson o‘zini tarbiya qilmasa, hech kim uni o‘zgartira olmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Nishonboy Abduvoitov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA