Iste’molga yaroqsiz 900 turdagi dori vositalari yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ijro harakati Andijon shahrida amalga oshirildi. Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan va iste’molga yaroqsiz deb topilgan 900 turdagi dori vositalari yo‘q qilindi.
Mazkur ijro harakati tegishli mas’ul idoralar vakillari ishtirokida, belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, iste’molga yaroqsiz yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan dori vositalarini muomaladan chiqarish aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday choralar, shuningdek, sifat talablariga javob bermaydigan dori vositalarining qayta muomalaga kirishi va aholi tomonidan iste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan bu kabi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Hamroz Bayonov, O‘zA