Ispaniya ustozi Italiyaning saralashdan o'ta olmaganiga munosabat bildirdi
Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis de la Fuente Italiya milliy jamoasining JCh-2026 ga chiqa olmagani haqida o‘z fikrini bildirdi.
Hal qiluvchi pley-off bahsida Jennaro Gattuzo shogirdlari kutilmaganda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berishdi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 1:4).
«Bunday saralash bosqichidan o‘tish juda murakkab. Italiya ketma-ket uchinchi mundialda ishtirok etmaydi. Bu ularning avvalroq erishgan yutuqlari qanchalik qimmatli bo‘lganini yana bir bor ta’kidlaydi», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati shu yilning yozida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnir o‘yinlariga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi chempion unvoni esa Argentina futbolchilariga tegishli.