Neymar terma jamoaga qaytishdan umidini uzganicha yo‘q
«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida bo‘lajak jahon chempionatiga borishiga hamon ishonmoqda.
34 yoshli futbolchining imkoniyatlari yuqori baholanmayotgan bo‘lsa-da, yulduz forvardning o‘zi umidini so‘ndirmayapti.
«Har bir inson jahon chempionatida o‘ynashni orzu qiladi. Xudo xohlasa, men u yerda bo‘laman», — deya Neymarning mundial haqidagi savolga bergan javobini keltirmoqda The Touchline nashri.
«Santos» hujumining yetakchisi, shuningdek, Braziliya va Argentina o‘rtasidagi finalni ko‘rishdan xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Neymar «pentakampeonlar» safida 128 ta o‘yinda maydonga tushib, 79 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchining milliy terma jamoa libosida maydonga tushgan so‘nggi uchrashuvi 2023-yilning oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi.