Gulistonda narkolaboratoriya fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Guliston shahrida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.
Xususan, 2003 va 2005-yillarda tug‘ilgan 3 nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, sotish bilan shug‘ullangan.
Xolislar ishtirokida ushbu manzildan 5 kg. 863 gr. “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsulalar, 2 dona elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 2761-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov,
O‘zA