G‘oyadan amaliyotga
Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Techstars Startup Weekend Samarkand”tadbiri o‘tkazilmoqda.
Tadbir “Techstars Uzbekistan” jamoasi tomonidan UzVC milliy venchur fondi, Hackonnect kompaniyasi va Samarqand shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Unda 100 nafarga yaqin tashabbuskor ishtirokchi 54 soat davomida g‘oyadan ishchi prototip (MVP) yaratishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi hamda “Techstars” metodologiyasi bo‘yicha uchta mualliflik vorkshoplarida o‘z bilimini mustahkamlaydi.
G‘oya ustida ishlash uchun ishtirokchilarga startap, biznes, sun’iy intellekt, AT va marketing sohalarida CYeO, top-menejer va asoschilar darajasidagi 12 dan ortiq ekspert-mentorlar yordam berishadi.
[gallery-29443]
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini investorlar hamda venchur jamg‘armalari vakillariga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, ishtirokchilar samarali ishlashi uchun barcha zarur infratuzilma bilan ta’minlanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 million so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi.
Uch kunga mo‘ljallangan tadbir 17-may kuni yakunlanadi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari