Germaniyada inflyatsiya so‘nggi ikki yildagi eng yuqori darajaga chiqdi
Germaniyada aprel oyida inflyatsiya darajasi so‘nggi ikki yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. DW mamlakat Federal statistika idorasiga tayanib, iste’mol narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,9 foiz oshganini yozdi.
Mutaxassislar bunday o‘sishni neft keskin qimmatlashishi bilan izohlamoqda. Yaqin Sharqdagi vaziyat va Eron atrofidagi taranglik jahon energetika bozoriga ta’sir ko‘rsatib, GFRda ham yonilg‘i narxi oshishiga olib kelgan.
Xususan, aprel oyida energiya tashuvi o‘rtacha 10,1 foiz qimmatlagan. Eng ko‘p o‘sish avtomobil yonilg‘isida kuzatilib, benzin va dizel narxi 26,2 foiz ko‘tarilgan. Shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz va markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmati narxida ma’lum darajada pasayish kuzatilgan. Statistika idorasiga uy xo‘jaligi uchun energiya xarajati o‘tgan yilga nisbatan keskin oshmaganiga e’tibor qaratgan.
Oziq-ovqat esa o‘rtacha 1,2 foiz qimmatlashgan: tuxum 14,6 foiz, shakar va shirinlik mahsulotlari 6,6 foiz. Shuningdek, go‘sht, meva va baliq mahsulotlari narxi ham oshgan.
Binobarin, hisobotda ayrim mahsulotlar arzonlashgani ham qayd etilgan. Masalan, sariyog‘ narxi 25,4 foiz, zaytun moyi esa 8,9 foiz tushgan.
D.Hakimov, O‘zA