Futzal: Oliy liga 12-tur o‘yinlari davom etmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati Oliy liga bahslarining 12-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 25-may kuni 12-turning uchinchi kungi bahslarida "Bunyodkor" "Lokomotiv" jamoasi bilan, "Maksam-Chirchiq" jamoasi Jizzaxning "BMB PFC" vakillari bilan, Buxoroning "Oil Star" futzalchilari OKMK jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.

Kecha o‘tkazilgan o‘yinlarda SQB futzal jamoasi “Neftchi”ni 6:0 ko‘rinishida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, “Dinamo” — “Qizilqum”, to‘qnashuvida 4:2 hisobi qayd etildi. “Surxon” jamoasining maydonga tushmaganligi sababli “Nasaf”ga texnik g‘alaba taqdim etildi.
12-turning ilk kungi uchrashuvlarida “Dinamo” – “Neftchi – 2:2, “Nasaf” – “Qizilqum” – 6:0, SQB – “Surxon” – (+:-) hisoblari qayd etilgandi.
Oliy liga o‘yinlarining so‘nggi turi 28-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA