Fitch Ratings “Navoiyuran” kredit reytingini ijobiyga o‘zgartirdi
Nufuzli xalqaro reyting agentligi hisoblangan Fitch Ratings “Navoiyuran” davlat korxonasining kredit reytingini “Barqaror” ko‘rsatkichdan “Ijobiy” (Positive Outlook)ga o‘zgartirib, korxonaning “BB” darajasidagi uzoq muddatli “emitent defolt” reytingini tasdiqladi.
Fitch Ratings tomonidan kredit reytingi “Ijobiy” darajaga o‘zgartirilishi korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur qaror jamoaning moliyaviy barqarorligi, strategik ahamiyati, uran bozoridagi mustahkam o‘rni hamda istiqboldagi rivojlanish salohiyatiga berilgan yuksak bahodir.
Ushbu natija “Navoiyuran” DKda amalga oshirilayotgan transformatsiya, samarali korporativ boshqaruv tizimi va barqaror rivojlanish strategiyasining xalqaro miqyosdagi haqli e’tirofi sifatida baholanmoqda.
G‘.Xonnazarov, O‘zA