Filippinda bino qulab tushdi: qurbonlar bor
Filippinning Anxeles shahrida qurilayotgan 9 qavatli binoning qulab tushishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va yana 17 kishi vayronalar ostida qolib ketgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar hozirgacha beton uyumlari ostidan 26 kishini sog‘-salomat olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
“Al Jazeera” nashri yozishicha, halok bo‘lganlardan biri qo‘shni mehmonxonada bo‘lgan malayziyalik sayyoh bo‘lib, u bino bo‘laklarining qulashi oqibatida vafot etgan.
Qutqaruv xizmatining bildirishicha, qidiruv ishlari juda xavfli kechmoqda, chunki har qanday noto‘g‘ri harakat qolgan beton bloklarni surib yuborishi va odamlarni battar ezib qo‘yishi mumkin. Shu sababli, hozircha ishlar asosan qo‘l mehnati va maxsus issiqlik detektorlari yordamida olib borilyapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA