FIFA sobiq hakami: “Emboloning qizil olgan vaziyatida hakamning dastlabki qarori mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lgan"
Agar faqat shu epizodning o‘ziga qarasak, unda sariq kartochka to‘g‘ri qaror edi.
FIFAning sobiq hakami Urs Mayer JCH–2026 chorak finalida Shveytsariya va Argentina (1:3, qo‘shimcha bo‘limlarda) o‘rtasidagi bahsda Bril Emboloning chetlatilishi yuzasidan fikr bildirdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida bosh hakam Joau Pedru Pinyeyru Embologa Leandro Paredes bilan kurashgan vaziyatda simulyatsiya ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatgan edi.
"Bellashuvda aynan Embologa bir necha bor juda qo‘pol o‘ynashdi, shunday emasmi? Menimcha, uning simulyatsiyasi ham aynan shuning oqibati bo‘ldi.
U yana to‘qnashuv bo‘lishini, yana argentinalik futbolchi kelishini va yana og‘riq his qilishini yaxshi tushunardi. Shu sababli u, ehtimol, to‘qnashuvdan oldinroq yiqildi.
Agar faqat shu epizodning o‘ziga qarasak, unda sariq kartochka to‘g‘ri qaror edi. Ammo nega bunday vaziyat yuzaga keldi?
Men VARni ham ayblamayman, chunki u aralashishi shart edi. Dastlabki hakamlik qarori mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lgan. VAR hakamga: “Qarang, siz bu vaziyatni noto‘g‘ri baholadingiz”, deb aytishi kerak edi", — dedi Mayer.