FIFA rahbari Janni Infantino Kristian Eriksen bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi
O‘sha vaziyatda tibbiy shtab va uchrashuv rasmiylari a’lo darajada ishladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksenning Ukrainaga qarshi o‘yindagi holatiga izoh berdi.
"Eriksenning o‘ziga kelgani va kerakli muolajalarni vaqtida olganidan xursandman. Unga salomatlik tilayman. Uning oilasiga va terma jamoasiga eng ezgu tilaklarni yo‘llayman. O‘sha vaziyatda tibbiy shtab va uchrashuv rasmiylari a’lo darajada ishladi", - dedi Infantino.
Daniya hamda Ukraina o‘rtasidagi bahsning ikkinchi bo‘limida 34 yoshli futbolchi ko‘kragini ushlagan holda hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgan edi.