Bugun O‘zbekiston Superligasining 14-turiga start beriladi
Uchrashuv soat 20:00da start oladi.
Superliganing 14-turida muxlislarni 19 yillik tarixga ega Toshkent derbisi kutib turibdi.
Bugun Superliganing 14-tur bellashuvlari start oladi. Turni boshlab beradigan uchrashuv Toshkent derbisi bo‘ladi. 19 yillik tarixga ega ushbu derbi "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning Superligadagi so‘nggi o‘yinlariga qaraydigan bo‘lsak, "qaldirg‘ochlar" ketma-ket 3 o‘yinlik mag‘lubiyatli seriya qayd etmoqda. "Sherlar" esa 12-turda "Lokomotiv" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, 13-turda "Xorazm"ni katta qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Turnir jadvalida esa "Paxtakor" 30 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Bunyodkor" esa 19 ochko bilan 7-pog‘onani band etgan.
Uchrashuv soat 20:00da start oladi.
