Fidoyi insonlar — e’zoz va ehtiromda
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbirda Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.
Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, senator I.Najmiddinov, tuman hokimi hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.
Mas’ullar faxriylarni bayram bilan qutlab, ularga “Nuroniy” jamg‘armasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirdi.
[gallery-29296]
Ta’kidlanganidek, yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida mehnat qilgan avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasidir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA