Farg‘onada olti mingga yaqin kishi ommaviy yugurishda qatnashdi
Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» o‘yingohi hududida viloyat hokimligi, sport boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan «Talaba-yugur» ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi.
Unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, harbiy xizmatchilar hamda kuch tuzilmalari vakillaridan iborat olti ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilar belgilangan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini namoyon etdi.
[gallery-31843]
Musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA